“Andijon polkasi” raqs ijrochilari festivali o‘tkaziladi.
14 Jun, 2025 - 12:31
33
“Andijon polkasi” raqs ijrochilari festivali o‘tkaziladi.
O‘zbek milliy raqs san’atining noyob durdonalariga aylangan “Andijon polkasi” raqsini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida, Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi tomonidan 2025-yil 17-iyun kuni soat 16.00 da Andijon viloyati Bobur shahridagi “Ziyolilar bog‘i”da “Andijon polkasi” raqs ijrochilari festivali o‘tkaziladi.
Festivalda jamoaviy raqslar 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar tomonidan ijro etiladi.
Barchani festivalga taklif etamiz.