Bobur shahrining Ziyolilar bog‘ida san’at va iste’dodlar bayrami!

12 Jun, 2025 - 10:35
14
Bobur shahrining Ziyolilar bog‘ida san’at va iste’dodlar bayrami!

Bobur shahrining Ziyolilar bog‘ida san’at va iste’dodlar bayrami!

Bobur shahrining Ziyolilar bog‘ida san’at va iste’dodlar bayrami!

Kuni kecha Bobur shahrining mashhur Ziyolilar bog‘ida Andijon tumani 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab internatining  hisobot konsert dasturi o‘tkazildi.

Mazkur konsertda yosh iqtidor egalari o‘zlarining bir yillik mehnat natijalarini sahnada namoyish etdilar. Ularning har bir chiqishi tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin oldi va san’atga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi.

Tadbirda Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev boshchiligidagi tuman rahbarlari ham ishtirok etdilar. Ularning e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi o‘quvchilarga katta ilhom bag‘ishladi.

Dastur davomida rang-barang kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar, jozibador cholg‘u ijrolari barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu san’atga boy kecha yosh iqtidor egalari uchun yodda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi!

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash