"Kunduzsiz kechalar" spektakli namoyish etildi.
12 Jun, 2025 - 09:42
18
"Kunduzsiz kechalar" spektakli namoyish etildi.
🎭O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbir to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida o‘tkazilgan majlisning 2025-yil 1-maydagi 79-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati, Bekobod shahrida Andijon viloyati Yoshlar teatrining gastrol safarini o‘tkazish belgilangan.
Shuningdek, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 11-iyun kuni Andijon viloyat Yoshlar teatri tomonidan sahnalashtirilgan "Kunduzsiz kechalar" spektakli Bekobod shahridagi shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlari hamda hududdagi mahalla jamg‘armasining mahalla fuqarolari, uyushgan va uyushmagan yoshlar uchun namoyish etildi.
Mazkur spektakl yig‘ilgan tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi. Tadbirda teatr tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi va teatr jamoasi tadbir tashkilotchilarining "Tashakkurnoma"si bilan taqdirlandi.