Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tizim tashkilotlarining mini-futbol bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

24 May, 2025 - 17:44
98
Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tizim tashkilotlarining mini-futbol bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tizim tashkilotlarining mini-futbol bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ–421-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat vazirligining 2025-yil 2-maydagi 219-son buyrug‘i tasdiqlangan.

2025-yil 26–27-may kunlari hududiy madaniyat organlari xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Madaniyat vaziri kubogi” musobaqasini o‘tkazish belgilangan.

Ushbu topshiriq yuzasidan Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tizim tashkilotlarining mini-futbol bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada jamoalar murosasiz ishtirok etishdi.

Jumladan, ushbu musobaqada quyidagi jamoalar sovrindor deb topildi.

1-o‘rin T.Sodiqov nomidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

2-o‘rin Izboskan tumani

3-o‘rin Oltinko‘l tumani

Sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash