Madaniyat vazirligi vakillari soha xodimlarining xonadonlariga tashrif buyurdi

17 Apr, 2025 - 12:00
13

Mamlakatimizda “15-aprel —  O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” keng nishonlanmoqda.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tashabbusiga asosan bu yil ilk bor sana munosabati bilan soha xodimlariga vazir tabrigi, ularning ota-onalariga esa tashakkurnomasi taqdim qilinmoqda.

Ayni paytda Andijon viloyatida bo‘lib turgan Ozodbek Nazarbekov, vazir o‘rinbosarlari hamda sanʼat sohasining taniqli vakillari bugun erta tongdan xonadonlarga tashrif buyurib, tabrik va tashakkurnomalarni o‘z egalariga yetkazishdi. Bu eʼtibor barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, farzandi ortidan shaxsan vazirdan minnatdorlik so‘zlarini eshitgan ota-onalarning quvonchi cheksiz. 

Bugun kun davomida ushbu xayrli ish davom ettiriladi. Kun yakunida esa tantanali tadbir o‘tkazilib, unda soha xodimlaridan bir guruhiga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni hamda hamkorlarning mukofotlari topshiriladi. 

Manba

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash