Andijon viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida "Navro‘z sadolari" XI-xalqaro ko‘p ovozli ansambl va orkestrlar festivalining Viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
11 Mar, 2025 - 18:00
44
Andijon viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida "Navro‘z sadolari" XI-xalqaro ko‘p ovozli ansambl va orkestrlar festivalining Viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
"Navro‘z sadolari" XI-Xalqaro Festivalining Viloyat Bosqichi G‘oliblari Aniqlandi.
Kuni kecha Andijon viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida "Navro‘z sadolari" XI-Xalqaro ko‘p ovozli ansambl va orkestrlar festivalining viloyat bosqichi katta tantana bilan bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli festival yurtimizdagi iqtidorli yosh musiqachilarni aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va jahon musiqasini targ‘ib etish maqsadida o‘tkaziladi.
Festivalda Andijon viloyatining turli hududlaridan kelgan yosh musiqachilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Xususan, Buloqboshi tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabining "NAVO" orkestr jamoasi festivalning viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallab, o‘zining yuqori saviyadagi ijrochilik mahoratini namoyon qildi.
Bundan tashqari, Jalaquduq tumani 13-son bolalar musiqa va san’at maktabining "Sevinch" va "Shodiyona" ansambllari ham festivalning viloyat bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ularning chiqishlari tomoshabinlar va hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Mazkur festival yosh iqtidorlarni aniqlash va ularni yuksak sahnalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqiy jamoalarimizning ushbu yutuqlari nafaqat viloyat, balki butun respublika miqyosida san’at rivojiga qo‘shilgan salmoqli hissa hisoblanadi.
G‘olib jamoalarimizni ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz va ularga xalqaro bosqichda ham omad yor bo‘lishini tilaymiz! 🎉🎶