Andijonda xotin-qizlarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

07 Mar, 2025 - 18:00
36
Andijonda xotin-qizlarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Andijon shahridagi “Toshkent premium” tantanalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov muhtaram opa-singillarimizni bahorning ilk go‘zal ayyomi – xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan ishtirokchilarni muborakbod etdi. 

Bayram tadbirida jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etayotgan, tashabbuskor, samarali mehnati bilan oilalarni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni sog‘lom, vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda ibratli faoliyat olib borayotgan bir guruh ilg‘or xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni hamda viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. 

Manba

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash