Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan “An’analar diyori” shiori ostida folklor-etnografik jamoalar ishtirokida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz uyg‘unligini aks ettiruvchi ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.
📍 Tanlov 2026-yil 18-fevral kuni Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 1-o‘rinbosari Bahodir Madjidovich ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu madaniy tadbir orqali folklor san’ati, milliy an’analar va boy ma’naviy merosimizning betakror jozibasi yana bir bor namoyon etiladi.
🌟 Barcha milliy qadriyatlar ixlosmandlarini ushbu go‘zal bayramga taklif etamiz!