2025-yilning 9-may kuni Andijon viloyati musiqali drama teatrida mazkur tanlovning tantanali taqdirlash marosimi va festivali boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Axmedov hamda yurtimizning taniqli kulgu ustalari, soha fidoyilari ishtirok etdi.
Festival doirasida milliy askiya va qiziqchilik san’ati ustalari — Xotamjon Hakimjonov, Mansurjon Oxunov, Mirzabek Holmedov, Zokir Ochildiyev, Muhiddin Sultonov, Valijon Shamsiyev, Bahodir Shokirov, Boltaboy Toshmatov, Mahkamjon Usmonov, Vohidjon Turdiyev, Dilshodbek Musabekov, Sarvar Toʻychiyev kabi kulgu ustalarining sahnaviy chiqishlari tomoshabinlarga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.
Koʻrik-tanlov natijalariga koʻra, “Askiya san’ati yoʻnalishi” boʻyicha:
• 1-oʻrin — Uchkoʻprik mahorat maktabi askiya jamoasiga,
• 2-oʻrin — Uchtepa mahorat maktabi askiya jamoasiga,
• 3-oʻrin — Qoraqalpogʻiston xalq teatr jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, “Muhiddin Darveshov” nomidagi maxsus nominatsiya Buxoro viloyatining “Xandon pista” jamoasiga berildi. “Askiya va qiziqchilik san’ati markazi ustozlar jamoasi” esa “Yangi Oʻzbekiston Respublika xush kayfiyat koʻrik-tanlovining faxriy ishtirokchilari” nominatsiyasi sovrindori boʻldi.
“Qiziqchilik san’ati va Stand up yoʻnalishi” boʻyicha:
• 1-oʻrin — Ulugʻbek Xolmedov,
• 2-oʻrin — Gʻayrat Mahmudov,
• 3-oʻrin — Bahodir Berdimurodovga berildi.
Bundan tashqari, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:
• “Eng kreativ qiziqchi” — Baxrom Yoqubov,
• “Mamasiddiq Sherayev” nomidagi maxsus nominatsiya — Soyib Mirzayev,
• “Eng yosh qiziqchi” — Muhammadmirzo Kamolov munosib topildi.
Mazkur tanlov va festival milliy madaniyatimizning muhim qismi boʻlgan askiya va qiziqchilik san’atining yangi avlod vakillari orasida yanada keng yoyilishiga, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishiga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.